FXX Rossiyaga kelgan migrantlar sonini ochiqladi – O‘zbekiston yetakchi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FXX hisobotiga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarim yilligida Rossiyaga 2,4 mln xorijlik ishlash maqsadida kelgan. Ulardan eng ko‘pini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi.

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati 2019-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatga ishlash maqsadida kelgan chet el fuqarolari sonini ma’lum qildi.

FXX hisobotiga ko‘ra, birinchi yarim yillikda Rossiyaga 2,4 mln nafar xorijiy fuqaro ishlash maqsadida kelgan.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert ishsizlik va migratsiya darajasini qanday kamaytirish mumkinligini ma’lum qildi

Ishlash maqsadida kelganlarning aksariyatini MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. Ular orasida O‘zbekiston yetakchi - Rossiyaga olti oy ichida 918 ming nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun kelgan. Tojikiston 523,9 ming kishi bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Birinchi uchlikka Qirg‘iziston 265 ming kishi bilan kiritilgan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina (164,6 ming kishi) va Qozog‘iston (105,3 ming kishi) ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, bu ma’lumotlar unchalik aniq ham bo‘lmasligi mumkin, chunki migrantlar Rossiya yiliga bir necha marta kelishadi va har safar yangidan ro‘yxatdan o‘tishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ishsizlik darajasi o‘tgan yilning mos davri ko‘rsatgichiga qaraganda 0,2 foizga kamayib, iqtisodiy faol yoshdagi aholining 9,1 foizini tashkil qilganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018-yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0