TOShKENT, 15 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoda eng yirik, Daniyaga tegishli bo‘lgan orol – Grenlandiyani sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal nashriga asosan xabar berdi.
Shuningdek, Arktikada AQSh harbiylari sonini ko‘paytirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Vashington Grenlandiyani sotib olish birinchi urinish emas, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh prezident Garri Trumen Daniyaga orol uchun 100 million dollar taklif qilgan edi. Biroq bu Daniya hukumati tomonidan rad etildi.
Grenlandiya Tashqi ishlar vazirligi Trampning g‘oyasi bo‘yicha izoh berdi.
“Grenlandiya mineral, toza suv, muz, baliq, dengiz mahsulotlari, qayta tiklanadigan energiya kabi qimmatli manbalarga boy, turizm rivojlantirish uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Biz sotuvga emas, biznes uchun ochiqmiz”, - deyilgan Grenlandiya TIV xabarida.