TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu paytga qadar Nurafshon shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Usmon Rahimov Olmaliq shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, shu kunning o‘zida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ham bo‘lib o‘tdi.
Nurafshon shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Usmon Rahimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
“Toshuyjoy LITI” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Qahramon Xakimov Nurafshon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.