Hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentga olib kelindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakkabog‘da hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun Toshkentga olib kelindi.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Yakkabog‘da bir necha kun oldin hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov Toshkentga olib kelindi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” nashri, Bosh prokuraturaga asosan.

“Isomovga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudining 22-iyuldagi ajrimi bilan statsionar tartibda sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish uchun Toshkentga yuborilgan”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul kuni sodir bo‘lgan hodisa tufayli Yakkabog‘ tumani prokuraturasi Bahriddin Isomovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25 va 97 moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atgan edi.

22 iyul kuni Isomovga ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayblanuvchi qarindoshlari tomonidan taklif qilingan himoyachisi X.Jabborov bilan xoli uchrashiga sharoit yaratib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0