Putin 233 kishining hayotini saqlab qolgan uchuvchilarga “Rossiya qahramoni” unvonini berdi

© Sputnik / Boris Yarkov / Mediabankka o‘tishDamir Yusupov
Damir Yusupov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyot Jukovskiy aeroportidan uchib chiqqandan so‘ng baliqchi qushlar to‘dasi bilan to‘qnashgan va qushlar dvigatellar ichiga tushib, ularni ishdan chiqargan. Uchuvchilar makkajo‘xori maydoniga favqulodda qo‘nishga qaror qilishgan va bu yagona to‘g‘ri qaror bo‘lgan.

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida makkajo‘xori maydonida samolyotni qo‘ndirgan va 233 kishining hayotini saqlab qolgan “Uralskie avialinii” kompaniyasi uchuvchilariga “Rossiya qahramoni” unvonini berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, havo kemasi komandiri Damir Yusupov va ikkinchi uchuvchi Georgiy Murzin “Rossiya qahramoni” unvoni bilan, qolgan ekipaj a’zolari esa “Jasorat” ordeni bilan taqdirlanganlar.

Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada samolyot favqulodda qo‘ndi: 233 kishining hayoti saqlab qolindi

“Makkajo‘xori maydonidagi mo‘’jiza”

“Uralskie avialinii” aviakompaniyasining Airbus A-321 yo‘lovchi samolyoti Moskvadan Simferopolga parvozni amalga oshirgan. Samolyot bortida 226 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Samolyot Jukovskiy aeroportidan uchib chiqqandan so‘ng baliqchi qushlar to‘dasi bilan to‘qnashgan va qushlar dvigatellar ichiga tushib, ishdan chiqarishgan. Uchuvchilar Ribinskoe qishlog‘i yaqinidagi makkajo‘xori maydoniga favqulodda qo‘nishga qaror qilishgan va bu yagona to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Qo‘nishdan avval shassilar yopilib, dvigatellar o‘chirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 73 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, jumladan, 16 nafar bola.

Rossiya Tergov qo‘mitasi  JKning  havo transporti harakati xavfsizligi va undan foydalanish qoidalarining buzilishi bo‘yicha moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Shuningdek, maxsus komissiya bu ishni tekshirish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0