TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Rossiyada “Uralskie avialinii” aviakompaniyasining “Jukovskiy – Simferopol” yo‘nalishi bo‘yicha parvozga ko‘tarilgan samolyoti dvigatellariga qushlar tushgani tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi bortida 226 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Moskva viloyati FVV ma’lumotlariga qaraganda, mazkur hodisa oqibatida 10 kishi jabrlangan, ulardan uch nafari bolalar.
“Ural aviakompaniyasi ekipaj a’zolari o‘zlarining mahorat va matonatlarini namoyon etishdi. Havo kemasi komandiri – yekaterinburglik Damir Yusupov. U va uning jamoasi 233 kishining hayotini saqlab qoldi. Qahramonlar”, - deya yozgan Sverdlov viloyati hokimi Yevgeniy Kuyvashev Instagram sahifasida.