Ukrainaning barcha fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkin

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukraini
Pasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukraini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisi tomonidan Rossiya pasportlarini soddalashtirilgan tartibda olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, kelgusida Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda berish tartibi Ukrainaning barcha fuqarolariga joriy etilishi mumkin.

Predviborniy forum dvijeniya Doneskaya respublika v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
Donesk va Lugansk aholisiga Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirildi

Bu haqda Rossiya prezidenti Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida xabar bergan.

“Biz nafaqat LXR yoki DXRda istiqomat qilayotgan kishilarga fuqarolikni olishning bunday usulini taqdim qilyapmiz. Biz umuman Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda fuqarolikni berish haqida o‘ylayapmiz”, - deya ma’lum qildi Rossiya yetakchisi.

24 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisi tomonidan Rossiya pasportlarini soddalashtirilgan tartibda olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

“Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatlari hududlarida doimiy yashovchi kishilar uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi o‘rnatilsin, “Rossiya fuqaroligi haqida” nomli 62-sonli Federal qonunning 8 bandiga asosan”, - deyilgan hujjatda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qaror xalqaro huquq normalariga asosan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida imzolangan.

Ukraina hukumati Putin farmonini keskin munosabat bildirdi. Hujjatni Ukrainaning amaldagi prezident Potr Poroshenko va prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan Vladimir Zelenskiy ham tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Ukraina o‘z hududiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Rossiya fuqarolarining kirishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Bunga javoban Rossiya hech qanday cheklov kiritmasligini, aksincha Ukraina fuqarolari uchun Rossiya fuqaroligini olish jarayonini osonlashtirishini e’lon qilgan edi.

Ayni damda Rossiyada bir milliondan ortiq Ukraina fuqarolari istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati Ukrainaning sharqiy hududlaridan kelgan fuqarolardir.

Ular Rossiya hududida, patent yoki yashashga ruxsatnoma asosida istiqomat qiladi, 77 ming kishi “vaqtincha qochqin” maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0