IIV mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti
Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik.  IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini ma’lum qildi

Qayd etilishicha, UY JOY QURILIS MChJ bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan har oy yakuni bo‘yicha mahkumlarga haqiqatda bajarilgan ish hajmidan hamda tasdiqlangan razrad va bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib, 800 ming so‘mdan 2,7 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oylik maoshi hisoblanib kelinmoqda.

“Qurilish obyektlarida ishga jalb qilingan mahkumlarga oylik ish haqlari belgilangan tartibda hisoblanib, ularning ish haqidan noqonuniy ravishda ushlanmalar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmagan”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0