IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi “Jasliq” koloniyasida 395 nafar mahkum saqlanmoqda.

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. “Jasliq” koloniyasida jazo muddatini ado etayotgan mahkumlar ilgari o‘zlari yashagan joylarga yaqin koloniyalarga yuboriladi. Bu ularning oila a’zolari va yaqinlarining vaqt va pullarini tejashga yordam beradi, deya ma’lum qildi IIV vakili Bahrombek Odilov. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Zaklyuchenniy za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mashhur "Jasliq" qamoqxonasini tugatmoqda

Hozirgi kunda u yerda 395 nafar mahkum saqlanyapti . IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyatda qamoqxona to‘g‘risida “turli mish-mishlar” tarqalgani sababli uni yopishga qaror qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, IIV huzurida qamoqxonani tugatish komissiyasi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston  prezidentining 2019-yil 2-avgust kungi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida"gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilangan.

Ushbu koloniya Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘oni hududida joylashgan. Koloniya 1999-yilda tashkil topib, bu yerda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar saqlanib kelmoqda. Qamoqxonadagi mahbuslarning 10 foizini diniy asoslar tufayli ozodlikdan mahrum etilganlar tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0