TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Hukumatning tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020 yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali orqali xabar qilindi.
Andijon viloyatida qancha uy-joylar qurilishi ma’lum bo‘ldi
Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:
- kredit muddati 20-yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1-yil;
- kreditning birinchi 5-yilida boshlang‘ich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proporsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda Toshkent shahrida qariyb 400 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi haqida xabar qilingan edi.