Turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi.

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bilan turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi.

 Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:

- yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda kemping va “safari” turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar foyda, yer va mol-mulk solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi;

Akkulov Abdulaziz Urolboyevich - Sputnik O‘zbekiston
Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

- yuridik shaxslar jahon standartlariga mos golf majmualarini barpo etish loyihasi doirasida foyda, yer va mol-mulk solig‘idan, jalb qilingan xorijiy mutaxassisga haq to‘lashda yagona ijtimoiy to‘lovdan, loyiha uchun tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan;

- zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat bo‘yicha foyda, yer va mol-mulk solig‘i hamda yagona soliq to‘lovidan;

- respublikaga olib kiriladigan dor (osma) yo‘llarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari va davlat muhofazasiga olingan yodgorliklari hududida faqat mamlakatda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotilishi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0