Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAkkulov Abdulaziz Urolboyevich
Akkulov Abdulaziz Urolboyevich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2025-yilga kelib sayyohlar sonini 4 baravar oshirishni rejalashtirgan (2017 yilga nisbatan).

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan yilda turizm xizmatlari eksporti salkam ikki baravar oshdi, dedi Turizm qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Akkulov.

“O‘zbekistonda 2018-yilda turizm xizmatlari eksporti 546 mln. dollardan 1 mlrd 40 mln. dollargacha oshdi, bu bir yil oldingiga nisbatan salkam ikki baravar ko‘p. Ushbu yilning 5 oyi davomida o‘sish 29 %ni tashkil qildi”, - dedi Akkulov.

Turizm qo‘mitasi raisi so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘sishga, albatta, O‘zbekiston hukumati tomonidan turizmni rivojlantirish uchun qo‘yilgan to‘g‘ri qadamlar sabab bo‘lgan.

Xususan, 65 ta mamlakat bilan viza tartibining bekor qilinishi, 77 mamlakat bilan elektron viza tartibi kiritilishi, turizm sohasida yangi korxonalar tashkil qilinishi, mehmonxonalar qurilishiga davlat tomonidan yordam berilishi natijasda soha ildam rivojlangan.

Samarkand, mavzoley Gur Emir (Tamerlana) - Sputnik O‘zbekiston
Bugun Samarqandda birinchi MDH  turistik yarmarkasi boshlanadi

2018 yil davomida turistik tashkilotlar soni 25%ga oshib, 1000tani tashkil etgan. Bu yil ularning soni yana 218taga oshgan. Shuningdek, respublika bo‘yicha mehmonxonalar soni 991taga yetkazilgan. 2019-yil oxirida ularning nomer fondi miqdori 24 mingtaga yetishi kerak.

Turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun turli sohalarda 20 ta imtiyozlar belgilangan. Ular orasida eng e’tiborlisi – mehmonxona qurgan tadbirkorlar xarajatlaridan har bir 3* nomer uchun davlat budjetidan 40 mln so‘m 4* nomer uchun esa – 65 mln so‘m qaytarilishini alohida aytib o‘tish kerak.   

Agar mehmonxona dunyoda mashhur mehmonxona brendlari ostida ochilgan bo‘lsa har bir 3* va 4* nomer uchun qo‘shimcha 200 va 400  dollar yillik royalti to‘lovlari to‘lanar ekan.

Kelajak maqsadlari

Akkulov aytishiga qaraganda, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston YaIMida turiz ulushini ikki baravar oshirish, ya’ni 2,3 %dan 5 %gacha. 2025-yilga kelib O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini 9 million kishiga yetkazish rejalashtirilgan. 2019-yilda 5 million kishi kelishi kutilmoqda.

Buxara, stariy gorod - Sputnik O‘zbekiston
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha turist keldi

2025 yilgacha mo‘ljallangan turizmni rivojlantirish konsepsiyasida operatorlar sonini 1 676 taga, mehmonxonalar sonini  3 000 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Akkulov aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda ichki turizmni rivojantirishga ham kata e’tibor berilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”, davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur orqali yuqori turizm mavsumidan boshqa vaqtda mehmonxonalar va turizm obyektlari xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 7,4 mingta madaniy meros obyektlari bor. 4ta shahar YuNESKO umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0