TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkent shahrida tanishini o‘lasi qilib do‘pposlagan fuqaro qo‘lga olindi.
IIV xabariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani Qaynarsoy ko‘chasida yashovchi 40 yoshli A.L. uyida o‘zaro janjal tufayli tanishi, Gote ko‘chasida yashovchi 52 yoshli H.M.ning boshi va qorin qismiga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada H.M. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. A.L. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.