TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Samarqand viloyatida fuqaro akasining umriga zomin bo‘ldi.
IIV xabariga ko‘ra, 17-iyul kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 33 yoshli U.T. “Marjona” oshxonasida akasi 47 yoshli O.T. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan va uylariga ketayotgan vaqtlarida o‘rtalarida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida akasining tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.
“Natijada O.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, - deyiladi xabarda.
Hozirda jinoyatchi ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.