TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Jizzax viloyatida 29-iyun kuni Atom elektr stansiyasi qurilishining ikkinchi bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda “O‘zatom” agentligi.
Tuzkon ko‘li yaqinida tanlangan maydonda AES qurilishi uchun muhandislik – o‘rganish ishlari boshlan
Ushbu munosabat bilan “O‘zatom”da “Rosatom”, “Atomstroyeksport”, O’zGASHKLITI – davlat muhandislik – o‘rganish instituti hamda mutaxassislari, Forish tumani hamda OAV vakillari bilan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zatom” dastlabki bosqichda O‘zbekiston hududida AES qurilishi uchun Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasida 4ta maydon hamda Jizzax viloyatida 3ta maydon tanlagan edi. O‘tkazilgan ilmiy izlanishlardan so‘ng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonko‘l yaqinidagi hudud tanlangan va aynan ushbu maydonda muhandislik – o‘rganish ishlari boshlab yuborilgan.
AES qurilishining ikkinchi bosqichida geofizik va seysmologik izlanishlar o‘tkaziladi. Ular asosida AESning texnik loyihasini tuzish ishlari olib boriladi. Jarayon O‘zbekiston Respublikasining taaluqli vazirliklari nazorati ostida bo‘ladi.