Yerga yaqinlashib kelayotgan asteroid qanchalik xavfli – ekspert izohi

Obuna bo‘lish
NASA ma’lumotiga ko‘ra, avgust oxirida Yerga o‘z o‘lchami bilan mashhur Xeops ehromini ortda qoldiruvchi “xavf tug‘dirishi ehtimoli bo‘lgan” asteroid yaqinlashadi. Rossiya Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Natan Eysmont ushbu asteroid Yerga qanchalik xavfni tug‘dirishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

NASA avgust oxirida Yerga o‘z o‘lchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi “xavf tug‘dirishi ehtimoli bo‘lgan” asteroid yaqinlashishini ma’lum qildi.

2019 OU1 asteroid diametri 160 metrga teng, bu esa Xeops ehromi diametridan 20 metrga kattaroq degani.

Asteroid 28-avgust kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya’ni u Venera sayyorasidan 40 baravar yaqinroq keladi.

Meteorniy potok Perseidi - Sputnik O‘zbekiston
Yerga Xeops ehromi kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Asteroid sayyoramiz yonidan bir million kilometrga yaqin masofada to‘qnashmasdan uchib o‘tib ketadi.

Rossiya Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Natan Eysmont ta’kidiga ko‘ra, NASA᾽ning bunga o‘xshash bayonotlari ajablanarli, chunki xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan barcha asteroidlar, jumladan, “Xeops ehromi kattaligidagi” asteroidlar ro‘yxati allaqachon tuzilgan.

Ammo bunday kattalikka ega bo‘lgan osmon jismlari haqiqatdan ham Yerga xavf tug‘dirishi mumkin.

“Hozir odamlar ularni qo‘rqitishlarini yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun shunga o‘xshash bayonotlar ko‘pincha yolg‘on bo‘lib chiqadi”, - deydi Natan Eysmont.

Asteroid haqiqatdan ham Yerga xavf tug‘dirishi mumkinligini baholash va aniqlash uchun uning harakat yo‘lini uzoq muddat davomida kuzatish lozim. Amalda bunga o‘xshash asteroidlar Yer bilan to‘qnashmasdan uchib o‘tishi kuzatiladi, deya xulosa qildi ilmiy xodim.

Ekspert rasskazal, stolknetsya li asteroid "razmerom s piramidu" s Zemley
Yangiliklar lentasi
0