Yerga Xeops ehromi kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishMeteorniy potok Perseidi
Meteorniy potok Perseidi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oxirida Yerga o‘z o‘lchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi asteroid yaqinlashadi.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Avgust oxirida yerga o‘z o‘lchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi asteroid yaqinlashadi. Bu haqda RIA Novosti NASA ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Asteroid. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yerga ulkan qotil-fazoviy jism yaqinlashmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 OU1 asteroid diametri 160 metrga teng, bu esa Xeops ehromi diametridan 20 metrga kattaroq degani.

Asteroid 28-avgust kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya’ni osmon jismi Venera sayyorasidan 40 barobar yaqinroq keladi.

Qayd etilishicha, asteroid sayyoramiz yonidan bir million kilometrga yaqin masofada to‘qnashmasdan uchib o‘tib ketadi.

Yangiliklar lentasi
0