Qiziq holat: O‘zbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi o‘rin bilan taqdirlandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashiy VS Uzbekistana vo vremya sostazaniya kinologov na konkurse «Verniy drug” ArMI-2019
Voyennoslujashiy VS Uzbekistana vo vremya sostazaniya kinologov na konkurse «Verniy drug” ArMI-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq musobaqada o‘zbekistonlik kinologlar 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi. Ammo taqdirlash marosimida hakamlar qarorlarini o‘zgartirishdi.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Moskva viloyatining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan “Sodiq do‘st” musobaqasi o‘zbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi o‘rin bilan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Avvalroq unda o‘zbekistonlik kinologlar 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.

Voyennoslujashiy VS RUz vo vremya sostazaniya kinologov na konkurse Verniy drug ArMI-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Moskva viloyatida o‘zbekistonlik harbiy kinologlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Ammo 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida qiziq bir holat bo‘ldi. Ya’ni unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan kinologlar 3-o‘ringa emas, shohsupaning 2-o‘riniga munosib ko‘rildi.

Gap shundaki, yakunda O‘zbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yig‘ishgan edi. Shunga ko‘ra, birinchi o‘rinni Rossiya Federatsiyasi, ikkinchi o‘rinni Belarus va uchinchi o‘rinni O‘zbekiston jamoasi qo‘lga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11-avgustda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida O‘zbekiston nomidan qatnashgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord o‘rnatgani hakamlar hay’atining qarori o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0