TOShKENT, 6 avg – Sputnik. O‘zbekiston kinologlar terma jamoasi Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” tanlovining birinchi bosqichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Qurolli kuchlari kinologiya xizmati boshlig‘i – jamoa murabbiyi, podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘rayev musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish darajasiga baho berdi.
“Jamoamiz bu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rdi. Bu yerda musabaqa o‘tkazish hududida hammasi yuqori darajada tashkillashtirilgan. Ishtirokchilar,mashq o‘tkazish va xizmat itlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kunda bir necha soat mashq o‘tkazish imkoniyati bor”, - dedi Jo‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, Moskva viloyatida harbiy kinologlar musobaqasi 3-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tmoqda.