Yerga ulkan qotil-fazoviy jism yaqinlashmoqda

Obuna bo‘lish
Yerga diametri 570 metr bo‘lgan fazoviy jism yaqinlashmoqda.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Yerga osmono‘par bino kattaligida ulkan asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Planeta Zemlya iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
NASA Yerga yirik asteroid yaqinlashishi haqida ogohlantirdi

Xabarda aytilishicha, 10-avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 17 ming kilometrda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o‘tadi.

Ta’kidlanishicha, bu asteroidni Yerga yaqin obyekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari asteroid Yerdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada o‘tgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qo‘shish mumkin.

Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQShdagi mashhur Empayr-steyt-bilding o‘smono‘par binosi balandligi (443 metr)dan ham kattadir.

NASA’ vakillarining qayd etishicha, hozirda bu fazoviy jism Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Chunki har yili o‘rtacha oltita bu kattalikdagi asteroid Yer oldidan uchib o‘tadi.

NASA yerga yaqin obyektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0