Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi

© REUTERS / BRENDAN MCDERMIDJaguar I-Pace
Jaguar I-Pace - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu Yorkda World Car of the Year 2019 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Nyu Yorkda World Car of the Year 2019 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda World Car Awards xabar qilmoqda.

World Car of the Year 2019 tanlovining mutlaqo g‘olibligini Jaguar I-Pace avtomobili qo‘lga kiritdi. Mazkur avtomobil “Yil avtomobili”, “Ekologik toza avtomobil” va “Yil dizayni” nominatsiyalaridagi mukofotlarga ega chiqdi.

© REUTERS / BRENDAN MCDERMIDAvtomobil goda Jaguar I-Pace
Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil goda Jaguar I-Pace

Suzukii Jimny "Shahar uchun eng yaxshi avtomobil" sifatida qayd etilgan.

© Za rulemSuzuki Jimny
Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Suzuki Jimny

Audi A7 "Yilning lyuks avtomobili" mukofotiga savozor deb topilgan. McLaren 72OS esa "Yilning giperkari" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

© AFP 2023 / STRMcLaren 720S
Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi - Sputnik O‘zbekiston
McLaren 720S

World Car Awards – avtomobilsozlik sohasidagi xalqaro mukofot. Yilning eng yaxshi avtomobili unvoni uchun kurashayotgan avtomobillar tanlov o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvari holatiga ko‘ra kamida 5 mamlakatda va ikki qit’ada sotilgan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Leksus" o‘zining birinchi minivenini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Lexus LM lyuks miniven bo‘lib, u orqa o‘rindiqda o‘tirgan odamga misli ko‘rilmagan darajadagi qulayliklar taqdim etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0