O‘zbekiston harbiy mediklari birinchilikda bormoqda

© Press-slujbaVoyennie mediki Uzbekistana idut pervimi k pyedestalu pocheta
Voyennie mediki Uzbekistana idut pervimi k pyedestalu pocheta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha bosqichlar natijasiga ko‘ra O‘zbekiston 5635 ball to‘plab, hozircha birinchilikda ketmoqda

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. "Forish" tog‘ poligonida shu kunlarda "Harbiy-tibbiy estafeta" tanlovi ishtirokchilarining kasbiy mahorati, aniq va tezkorligini yuzaga chiqarishga qaratilgan "Individual mahorat" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

© press-slujbaVoyennie mediki Uzbekistana idut pervimi k pyedestalu pocheta
O‘zbekiston harbiy mediklari birinchilikda bormoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voyennie mediki Uzbekistana idut pervimi k pyedestalu pocheta

Unda 11 mamlakat sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar ikki yo‘lakchada, qisqa masofadagi startdan finishgacha: shartli yarador bemorning qo‘lini jgut bilan bog‘lash va belgilangan marragacha sudrab borish; o‘pka-yurak reanimatsiyasida yurak yopiq massaji maxsus manekenga sun’iy nafas berish hamda shartli bemorning qo‘lini bog‘lagan holda, xavfsizlik qoidalariga rioya etib, uni ko‘targancha hududdan evakuatsiya qilish vazifalarini bajardi.

Nufuzli tanlov nizomiga ko‘ra, ayollar o‘rtasida shartli bemorning og‘irligi – 62 kilogramm bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida – 70 kilogrammni tashkil etdi (bronejiletdan tashqari!). Natijalar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Chem kormat uchastnikov ARMI-2019 v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekona lutf: "Armi-2019" ishtirokchilari qanday taomlar bilan siylanmoqda?

Shifokorlar o‘rtasida: Elmurod Bobojonov (1178 ball) — O‘zbekiston; Andrey Malaxov (990 ball) — Rossiya; Nurjan Kapezov (929 ball) — Qozog‘iston eng yaxshi natijalarga erishishdi.

O‘rta va kichik tibbiy personali o‘rtasida: Valijon Begaliyev (1101 ball); Shoxruh Ibrohimov (1062 ball); Xokimbek Madaminjonov (1050 ball)lar eng yaxshi natija ko‘rsatdi, ularning barchasi O‘zbekiston vakili.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur shart natijalarida o‘zbekistonlik ayol harbiylar g‘alaba qozondi: Oydin Ubaydullaxujayeva (802 ball); Liliya Manasipova (781 ball); Saidaxon Abdumo‘minova (777 ball).

Barcha bosqichlar natijasiga ko‘ra O‘zbekiston 5635 ball to‘plab, hozircha birinchilikda ketmoqda. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston 4913 ball bilan odimlayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Rossiya (4808 ball) yakun yasamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10-avgust kuni "Harbiy-tibbiy estafeta" tanlovining "Eng yaxshi haydovchi" sharti bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0