O‘zbekona lutf: "Armi-2019" ishtirokchilari qanday taomlar bilan siylanmoqda?

© Ministerstvo oboroni RUzChem kormat uchastnikov "ARMI-2019" v Uzbekistane
Chem kormat uchastnikov ARMI-2019 v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Forish" poligonida "ARMI-2019" ishtirokchilari taomnomasi oliy darajada tashkil etilgan. O‘zbekcha lutf va mehmondorchilikni xorijlik mehmonlarning o‘zlari e’tirof etishmoqda

TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Mudofaa vazirligi O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan V Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 11 davlatdan kelgan harbiy delegatsiya vakillari qanday taomlar bilan siylanayotgani haqida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

V Uzbekistane vstretili voyennix iz Armenii, pribivshix na konkurs ArMI - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Armaniston harbiylari "ARMI - 2019"da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishdi

Ta’kidlanishicha, "ArMI-2019" o‘yinlari ishtirokchilari Mudofaa vazirligining "Forish" tog‘ poligonida o‘zbekona lutf ila qarshi olinganining o‘zi ko‘pchilik mehmonlarni hayratga solgan.

"Forish" poligoni oshxonasida Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan uch mahalli ovqat tanovuli yurtimizga kelgan xorijliklar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, kimoviy ishlov va biologik aralashuvlarsiz polizlarimizda yetishtirilgan xo‘l meva va sabzavotlardan hamma mamnun. Taom pishirish texnologiyalarining sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilinishi ustidan nazorat qilib kelayotgan harbiy tibbiyot xodimlari tunu-kun xizmatda", - dedi Mudofaa vazirligi vakili.

Yengil atletika sportchilari meyori asosida tuzilgan taomnoma menyusida vitamin va kaloriyaga boy maxsulotlardan foydalanilmoqda.

Jumladan, nonushtaga sabzidan tayyorlangan sarimsoqli salat, xo‘l meva assortisi, shakar qo‘shilgan tvorogli zapekanka, smetana sousi bilan qaynatilgan tovuq va vermishel, sut bilan kakao, qaynatilgan sut, limon bilan shirin choy, bug‘doy va arpa unidan tayyorlangan non, sariyog‘, pishloq, kolbasa, smetana, tvorog, kofe va quritilgan mevalar, xamirturishli bulochkalar taklif etilmoqda.

Uzbekskie snayperi gotovatsya k igram “ArMI-2019” - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik merganlar “ArMI – 2019” musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tushlikka xo‘l meva, sabzavotlar va ko‘katlardan tayyorlangan assorti, tovuqli somsa, mastava sho‘rva, mevali ragu bilan tuxum-do‘lma, qovurma "Toshkent", kartoshka bilan qovurilgan tovuq va non mahsulotlari.

Qo‘li gul o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan kechki ovqat ham xorijliklar e’tirofi ostida qolmoqda. Bular: sabzavotlardan tayyorlangan salat, pishirilgan tuxum, qovurilgan baliq, garnir bilan go‘shtli kotlet va qovurilgan jo‘jalar, xo‘l mevalar va qandolat mahsulotlari.

To‘yimli taomlar kun davomida mashaqqatli tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tagan ishtirokchilarga manzur bo‘lmoqda.

Mudofaa vazirligi harbiylar g‘ayratiga g‘ayrat, kuchiga kuch qo‘shadigan bunday taomnomadan keyin g‘alaba uchun kurash ham shiddatli bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0