Mixail Gorbachovning holati og‘ir deb baholanmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBivshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev
Bivshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist Aleksey Venediktovning so‘zlariga ko‘ra, Gorbachov olti oydirki kasalxonada "yashab kelmoqda".

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. OAVlar SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning "o‘ta og‘ir" holati haqida yozmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Rossi prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachov Putinning ijobiy tomonlarini sanab o‘tdi

Bu haqda sal oldin jurnalist Aleksey Venediktov "Gordon" ko‘rsatuvida ma’lum qilgan edi.

"Miyasi yaxshi ishlayapti, harakatlanishi og‘ir, juda ko‘p kasalliklar yig‘ilib qolgan — axir u 88 yoshda. So‘nggi ikki yilda - ahvoli juda og‘ir: mana olti oydirki u kasalxonada yashamoqda", - deb aytgan Venediktov.

Shuningdek, Gorbachov vaqti-vaqti bilan unga restoranda uchrashishni taklif qilishini, jurnalist bu taklifga rad javobini berolmasligi ham ma’lum bo‘lgan.

"Shifokorimiz tavsiyasiga ko‘ra pivo ichamiz, Mixail Sergeyevich ham hozir pivo ichadi. Ilgarilari aroq ichardik", — deb ta’kidlagan Venediktov.

Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, Gorbachov planshet va smartfon yordamida yangiliklarni kuzatib borar ekan. Sobiq prezidentga "Chenobil" seriali haqida ham ma’lumot yetib borgan, ammo u "og‘irligi" uchun serialni tomosha qilmagan.

Yangiliklar lentasi
0