Dushanbeda Qurbon hayiti arafasida narxlar osmonga uchdi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishNa rinke v Dushanbe, arxivnoe foto
Na rinke v Dushanbe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Qurbon hayiti bilan tabriklab, shohona dasturxondan naf yo‘qligini, bayramlarda o‘ylamay qilinadigan sarf-harajatlar oila budjetiga maqsadsiz putur yetkazishini eslatib o‘tgan edi

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Tojikistonda Iydi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxi birdan ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Dilingiz - Allohda, qo‘lingiz - mehnatda bo‘lsin": Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga tabrigi

Xususan, Dushanbedagi Markaziy bozorda qovun va tarvuzlar uch kun oldin 25-30 somoniy turgan bo‘lsa, endi bu poliz mahsulotlarini 50 somoniydan past narxda topolmaysiz.

Shaftolilar narxi ham ikki karra oshgan, bir kilosi 8-10 somoniy turgan mevalar bugun 10-25 somoniydan sotilmoqda.

Shunga qaramay, muqaddas ayyom - Qurbon hayiti arafasida barcha bozorlar xaridorlarga to‘la. Tojikistonliklar bayramona dasturxon tuzash uchun oziq-ovqat olgani chiqishgan.

Sal oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Qurbon hayiti bilan tabriklay turib, shohona dasturxondan naf yo‘qligini, bayramlarda o‘ylamay qilinadigan sarf-harajatlar oila budjetiga maqsadsiz putur yetkazishini eslatib o‘tgan edi.

Joriy yil ushbu qoidani buzgan musulmonlar 5 ming somoniy, yoxud 530 dollarga yaqin jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0