TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Rossiyalik xonanda Nargiz Yerevandagi kontsertini sehrli deb atadi, deb yozadi Sputnik Armaniston.
"Yerevan meni taslim qildi", — deb yozgan Nargiz oʻzining Facebookdagi akkauntida.
"Opam mening Armaniston! Qadrdonim Yerevan! Sen meni zabt etding va taslim qilding! Bu sehrli oqshomni men HECH QACHON unutmayman! Oʻz MUHABBATINI men bilan baham koʻrish istagida kelganlarning barchasiga taʼzimdaman! Kecha tugaganiga bir necha soat boʻlgan boʻlsa-da, hanuz bedorman. Sizlarning yonlaringizga qaytishni juda xohlayapman! Sizga boʻlgan muhabbatim abadiydir! Yaratgan barchangizni oʻz panohida asrasin", — deb yozgan kontsert videosiga izohda xonanda.
Nashrning yozishicha, Nargiz armanistonlik jurnalistlar savollariga javob berishni istamagan boʻlsada, kontsertda barchaga tabassum hadya etgan va oʻz his-tuygʻularini yashirmagan.
Armanistonlik muxlislar uni qanchalar iliq qarshi olishganidan qattiq hayajonlanib ketgan xonanda kontsertdan keyin "Boʻldi, Yerevandan kvartira olaman, Tsavt tanem, mening Armanistonim", — deya taʼkidlagan.
Nargiz armanistonlik muxlislarni "Vdvoyem", "Tы — moya nejnost", "YA budu vsegda s toboy" singari xit taronalar hamda yangi qoʻshiqlari bilan xushnud etgan.




