Atambayev qo‘lga olingach, Mirziyoyev Jeenbekovga qo‘ng‘iroq qildi: gap nima haqda bordi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev qirg‘izistonlik hamkasbi Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Prezidentlar ikkiyoqlama hamkorlik masalalari, shuningdek, Atambayevning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kunining oxirida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i yego storonniki prisutstvuyut na vstreche s jurnalistami v sele Koy-Tash bliz Bishkeka. - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Muloqotda Qirg‘izistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Mirziyoyev qo‘shni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi.

Tomonlar shuningdek O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish hamda Chegarada ishonch choralari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar, keng ko‘lamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Qirg‘izistonda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning qo‘lga olingach, mana ikki kun davomida ziddiy holat saqlanib turmoqda. 7-avgust kuni kechqurun respublika GNKB spesnazi sobiq prezidentning Koy-Tash posolkasidagi qarorgohini shturm qilishga harakat qildi, ammo operatsiya boy berildi. Atambayevning tarafdorlari nafaqat shturmga qarshilik ko‘rsata olishdi, balki bir necha spesnazlarni asir olishga ham muvaffaq bo‘ldilar.

Storonniki bivshego prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva u yego doma vo vremya spetsoperatsii v sele Koy-Tash  - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev qarorgohidagi vaziyat – foto

Ertasi kuni, ya’ni 8-avgust sanasida Qirg‘iziston parlamentining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kuch tuzilmalari harakatiga huquqiy baho berildi, shuningdek, sobiq davlat rahbari va qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgan uning tarafdorlariga qarshi ayblovlar ilgari surildi. Qarorgohi ikkinchi marta shturm qilingach, Atambayev hukumatga taslim bo‘ldi va ayni vaqtda Qirg‘iziston GNKB tergov qo‘mitasida saqlanmoqda. Sobiq prezident tarafdorlari Bishkek markazida miting uyushtirishga harakat qildilar, ammo tartibni saqlash kuchlari tomonidan ushbu noqonuniy aksiyaning oldi olindi.

Atambayev qarorgohi oldida politsiyachilar bilan yuz bergan to‘qnashuv davomida umumiy hisobda 90 ga yaqin kishi jabrlandi. Spesnaz qo‘shinlaridan biri o‘q bilan yaralanishi oqibatida halok bo‘ldi.

Ilgariroq, O‘zbekiston DXX matbuot-xizmati o‘zbek-qirg‘iz chegarasida holat stabil ekanligi, o‘tkazuv punktlari va chegara chizig‘ida ishlar belgilangan tartibda ketayotganini ma’lum qilgan edi.

Mamlakatdagi murakkab holatga qaramay, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi Cholpon-Ota shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkekka yetib kelgan RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya ushbu holatni diqqat bilan kuzatib borayotganini aytgan va mojaro qonuniy yo‘l bilan hal etilishiga umid bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0