7 avgust kuni Qirg‘iziston maxsus topshiriqli bo‘linmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qo‘lga olishga urinib, maxsus amaliyot o‘tkazishdi. Biroq bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Bugun Qirg‘izistonda parlamentning navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Deputatlar sobiq prezident Atambayevni qo‘lga olishga urinish bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni muhokama qilishmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi jabrlangan, spesnazlardan biri ko‘kragidan olgan jarohati tufayli halok bo‘lgan. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov xavfsizlik kengashida Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiya va qonunlarni qo‘pol ravishda buzganini ma’lum qilgan.