O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana
Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevni qo‘lga olishga qaratilgan maxsus amaliyot o‘tkazildi, biroq bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. O‘zbekiston chegara xizmati Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda va qo‘shni davlatdagi hamkasblar bilan tezkor axborot almashib turibdi. Bu haqda RIA Novosti Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari vakiliga tayanib xabar qildi.

Ne dali vzat jivim ili mertvim: Atambayev sdelal zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev bayonot bilan chiqdi

“Hozirda chegarani qo‘riqlashni belgilangan tartibda, qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb etmay ushlab turish sxemasi amal qilmoqda”, - dedi xizmat vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaradan tashqari hududlarda ro‘y beradigan favqulodda vaziyatlarda bunday choralar chegara postlarida texnik aloqalar va axborot yig‘ish kuchaytirilishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7-avgust kuni Qirg‘iziston maxsus topshiriqli bo‘linmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qo‘lga olishga urinib, maxsus amaliyot o‘tkazishdi.

Atambayevning uyi hujumdan so‘ng ilk daqiqalarda – video

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida jami 45 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Spesnazlardan biri olgan jarohati halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0