Atambayev bayonot bilan chiqdi

© REUTERS / Vladimir Pirogov"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie
Ne dali vzat jivim ili mertvim: Atambayev sdelal zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Qirg‘iziston maxsus topshiriqli bo‘linmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atambayevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qo‘lga olishga urinishda 45 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev “Aprel” telekanali orqali murojaat qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

Atambayev qo‘lga olishga urinishda tinch aholi jabr ko‘rganini qayd etdi, chunki  “Alfa” antiterroristik maxsus bo‘linmasi yuborilgan. Atambayev u va uning atrofidagi odamlar terrorchi emasligini ta’kidladi.

“Sizlarga alam bilan murojaat qilyapman. Bugun hukumat kuchlari noqonuniy ravishda, Konstitutsiyani buzgan holda, meni qo‘lga olish uchun, Atambayevning og‘zini yopish uchun, qurol bilan keldi va o‘z xalqini o‘qqa tutdi. Avvaliga rezina o‘qlar bilan, oxirida – haqiqiy o‘qlar bilan. Bu sharmandali va alamli. Atambayev terrorchi emas. Uning atrofida yig‘ilgan insonlar – terrorchilar emas. Soat 19:30da odamlar odatdagidek kelib men bilan selfi tushishayotgandi. Hech qanday gunohi yo‘q odamlar jabrlandi”, - dedi o‘z murojaatida u.

U o‘z murojaatida Batukayev ishi yuzasidan yozma ko‘rsatma berishni taklif qilgani va har qanday savolga javob berishga tayyorligini ta’kidladi.

Atambayev uni himoya qilganlarga va “tirik yoki o‘lik holda qo‘lga olishga yo‘l qo‘ymaganlarga” minnatdorchilik bildirdi.

© REUTERS / VLADIMIR PIROGOV"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie
Atambayev bayonot bilan chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie

O‘z murojaatida hukumatga “aqlini yig‘ishtirib olishni” taklif qilgan va qirg‘izistonliklar tiz cho‘kib yashamasliklarini bildirgan.

Atambayev harbiylarga murojaat qilib, o‘z xalqini otmasligini so‘ragan: “Sizning rahbarlaringiz, ehtimol, qayoqqadir qochib yetadi. Biroq bularning barchasi siz uchun yomonlik bilan tugashi mumkin”.

© REUTERS / VLADIMIR PIROGOV"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie
Atambayev bayonot bilan chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
"Ne dali vzat jivim ili mertvim": Atambayev sdelal zayavlenie

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7-avgust kuni Qirg‘iziston maxsus topshiriqli bo‘linmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qo‘lga olishga urinib, maxsus amaliyot o‘tkazishdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida jami 45 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Spesnazlardan biri olgan jarohati tufayli halok bo‘lgan.

Qirg‘iziston parlamenti 20-iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar ro‘yxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga ko‘ra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayev Qirg‘iziston IIV bosh tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi ishi bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berishi uchun uch marta so‘roqqa chaqirtirilgan  edi. Biroq sobiq prezident so‘roqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qog‘ozini hatto qo‘liga olmasligini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0