“Atambayev endi guvoh emas, balki gumon qilinuvchi”: Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekov

© Pravitelstvo KRSooronbay Jeenbekov
Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov aybdorlar o‘z jazosini tortishiga va’da berdi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikaning sobiq rahbari Almazbek Atambayevning maqomi guvohdan og‘ir jinoyatda gumon qilinuvchiga o‘zgartirilishini ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Ne dali vzat jivim ili mertvim: Atambayev sdelal zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev bayonot bilan chiqdi

“Agar shu paytgacha Atambayev tergovchi huzuriga guvoh sifatida chaqirilgan bo‘lsa, endilikda unga og‘ir jinoyatda gumon qilinuvchi sifatida qaraladi", - dedi Jeenbekov parlamentning navbatdan tashqari majlisida.

U mamlakatda qonun ustuvorligi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida barcha choralar ko‘rilishini qo‘shimcha qildi. Davlat aholining ikkiga  ajralib ketishiga va beqaror vaziyat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuch va vositalarga ega.

Bugun Qirg‘izistonda parlamentning navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Deputatlar sobiq prezident Atambayevni qo‘lga olishga urinish bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni muhokama qilishmoqda. Kecha amalga oshirilgan maxsus amaliyot muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi jabrlangan, spesnazlardan biri ko‘kragidan olgan jarohati tufayli halok bo‘lgan. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov xavfsizlik kengashida Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiya va qonunlarni qo‘pol ravishda buzganini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0