Jamiyat

Oktyabr oyida ikkinchi Rossiya-Oʻzbekiston forumi oʻtkaziladi

© Press-slujba Minoboronы RossiiFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda oktyabr oyida Rossiya-Oʻzbekiston forumi oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Oktyabr oyida Rossiya-Oʻzbekiston forumi oʻtkaziladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi rahbari Adxam Ikramov Fergana International Investment Forum 2019 forumida maʼlum qildi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilishicha, tadbir Rossiyada oʻtkaziladi. 

Pamyatnik v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shuhrat Gʻaniyev Fargʻona viloyatida zarbdor bir yillik eʼlon qilinganini aytdi

“Birinchi forumdan soʻng ikki davlat Savdo-sanoat palatalari, Oʻzbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Rossiya sanoat va savdo vazirligi ikkinchi forumga tayyorgarlik koʻrishni boshlab yubordi. Aniq sanasini ayta olmayman, biroq forum oktyabrda oʻtkaziladi”, - dedi Ikramov.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston barcha viloyatlardan mutaxassislar Orenburg, Tatariston, Chelyabinsk, Perm, Sankt-Peterburg, Moskva va Moskva viloyatiga yoʻl olmoqda.

Birinchi mintaqalararo forum oʻtgan yili 18-19 oktyabrda “Oʻzekspomarkaz”da oʻtkazilgandi. Unda ikki davlatning 25 ta hududidan 600 dan ortiq vakillar qatnashdi. Forum doirasida Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi ham oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 7 avgust kuni Fargʻona shahrida xalqaro investitsiya forumi oʻz ish faoliyatini boshladi.

Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda.

Forum davomida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb kilish boʻyicha kelishuvlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, V2G, B2B formatlardagi kooperatsion birjalar oʻtkazilib, kelishuvlar imzolanadi.

Yangiliklar lentasi
0