O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlar homiladorlik holatlari ko‘paydi

Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha olti oyda 46 ta holat qayd etilgan.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmagan o‘smir qizlarning homiladorlik holatlari soni ko‘paydi. Bu haqda UPL.uz nashri xabar qildi.

Beremennaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda homilador ayolning nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi

Xabarda aytilishicha, butun respublika bo‘yicha 2019-yil birinchi 6 oyida voyaga yetmagan qizlarning homilador bo‘lish 46 ta holat qayd etildi. O‘tgan yili shu davr mobaynida 32 ta holat qayd etilgan edi.

Eng ko‘p Toshkent viloyatida - 10 ta, Farg‘ona viloyatida - 5 ta, Buxoro viloyatida - 3 ta, Samarqand viloyatida 2 ta holat aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Save The Children xalqaro reyting ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalar yashash sifati yaxshilandi.

2019 yilda jahon hamjamiyati bolalar o‘limi holatlar soni 4,4 milliongacha kamaytirishga erishdi. Maktab o‘quvchilar soni 115 millionga ko‘paydi. Shuningdek, 11 million erta turmushga chiqish holatlari oldi olindi.

Yangiliklar lentasi
0