Surxondaryoda homilador ayolning nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi

Obuna bo‘lish
Bemor qon namunalari tekshirilganda Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi Boysun tumanida homilador ayolning vafot etganligi yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Omonxona qishlog‘ida yashagan 24 yoshli ayol 2019-yil 13-may kuni Boysun tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksi ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan. Bir necha kun o‘tib bemor ahvoli og‘irlashgandan so‘ng tug‘ruq kompleksining jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. 17-may kuni esa bemorda burundan qon ketish alomatlari boshlangach, viloyat maslahat guruhining gematolog va LOR shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, “Homiladorlik 17 haftalik, burundan qon ketishi, D.V.S gipokogulyatsiya bosqichi” tashxisi qo‘yilgan.  

Dilnoza stoit u okna - Sputnik O‘zbekiston
Erimni qarzini to‘lash uchun Amerikaga ketgandim, u esa o‘g‘limdan ayirdi – o‘zbek ayoli hikoyasi

Bemorga 18-may kuni intensiv muolajalar hamda 1,5 litr qon zardobi va 500 ml eritrotsitar massa quyilgan. Bemor 19-may kuni “O‘tkir yurak yetishmovchiligi, DVS sindromi” natijasida vafot etgan.

“Bemorda qon ketish alomatlari va inyeksiya qilingan joylarda qon talashlar bo‘lganligini inobatga olib, patologoanatomik bo‘limda murdadan arboviruslarga tekshirish uchun qon namunasi olingan. Qashqadaryo viloyat DSENMning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni tekshirish laboratoriyasiga yuborilgan qon namunalari tekshirilganda Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda mazkur kasallikning yuqish xavfi yuqoriligi bois marhum bemorning oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ularga Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi yuqmaganligi aniqlangani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0