IShID Suriya va Iroqda o‘z kuchini tiklamoqda – Pentagon

© YoutubeOtrad boyevikov IGIL
Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh mudofaa idorasi bayonotida aytilishicha, terrorchilik uyushmasi safida 18 ming kishi bor.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi oxirgi vaqtlarda Suriya va Iroqda o‘z kuchini mustahkamlamoqda. RIA Novosti Pentagon bayonotiga asosan xabar qildi.  

D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Yevropaga minglab IShID jangarilari bilan tahdid qildi

IShID mustahkamlanishi haqida xulosa AQSh mudofaa vazirligi bosh inspektori Glen Fayn bayonotida yozilgan.

Unda IShID terrorchilik tashkiloti Iroqda o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotgani va Suriyada yana janglarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilgan.

“Chorak davomida IShID Suriya va Iroq hududida qotillik, hudkush-terrorchilar hujumi, odamlarni garovga olish va qishloq xo‘jalik obyektlarini yoqib yuborish ishlari bilan shug‘ullandi. Guruh Suriyada “tiklanayotgan yacheyka”larni tashkil qilib, qo‘mondonlik puntlarini kengaytirishga harakat qildi”, - deyilgan bayonotda.

Pentagon ma’lum qilishicha, terrorchilik uyushmasi safida 18 ming kishi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, IShID o‘zining moliyaviy tarmog‘ini qayta tiklamoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0