Tramp Yevropaga minglab IShID jangarilari bilan tahdid qildi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishD.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya
D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti IShID terrorchilik tashkilotining qo‘lga olingan barcha jangarilarini Yevropaga olib ketmaydigan bo‘lsa, ularni qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp IShID* terrorchilik tashkilotining qo‘lga olingan barcha jangarilarini Yevropaga olib ketmaydigan bo‘lsa, ularni qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Internet foydalanuvchilarini Trampning sochlarida o‘rmalayotgan qo‘ng‘iz xursand qilib yubordi

“Biz IShIDning minglab jangarilarini ushlab turibmiz va Yevropa ularni olib ketishini xohlaymiz. Agarda ular bundan bosh torsa, ularni Yevropaga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lamiz”, - dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqda jang qilgan yevropaliklar soni ikki yarim mingga yaqin.

”Biz ularni Yevropa olib ketishini istaymiz, chunki ular ortga - Yevropaga qaytayotgan edi”, - dedi AQSh yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval senator Trampga Guantanamoda IShID jangarilar uchun harbiy qamoqxona ochishni taklif qilishgandi.

(*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot)

Yangiliklar lentasi
0