TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Joriy yilning 7-avgust kuni Farg‘ona shahrida xalqaro investitsiya forumi ish boshladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.
Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda. Forum davomida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb kilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, V2G, B2B formatlardagi kooperatsion birjalar o‘tkazilib , kelishuvlar imzolanadi.