Abdulaziz Kamilov Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘an davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etdi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya rahbari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholadi, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etdi.

Mirziyoyev i Erdogan proveli telefonniy razgovor - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali oliy darajadagi uchrashuv jadvalini muhokama qildi

TIV xabarida yozilishicha, suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash komissiya va Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining yig‘ilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston-Turkiya muloqoti, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan shakllangan ishonch, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0