TOShKENT, 17-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Toyib Erdog‘an bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqdilar, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Ikki davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qilganligi aytilgan.
Suhbat chog‘ida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlug‘ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga o‘zlarining qizg‘in tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.
Prezidentlar an’anaviy do‘stlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etganlar.
Tomonlar Oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tgan.