Xitoy oltin qazib olish konida yuz bergan mojaro yuzasidan Qirg‘izistonga keskin bayonot berdi

Obuna bo‘lish
Xitoy elchixonasi bayonotida yozilishicha, XXR investitsiyalari hisobiga mahalliy aholining moddiy farovonligi ortmoqda.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Xitoyning Qirg‘izistondagi elchixonasi Sulton-Sari oltin qazib olish konida yuz bergan mojaro yuzasidan keskin bayonot berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Jiteli utroili miting protiv kitayskoy v Kirgizstane — video - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda Xitoy kompaniyasiga qarshi miting o‘tkazildi – video

Diplomatik vakolatxonasi saytida yozilishicha, 2019-yil 5-avgustda Norin viloyati Sulton-Sari oltin qazib olish korxonasi oldida yuzlab mahalliy aholi to‘plandi.

“Yig‘ilgan ayrim kishilar noqonuniy ravishda Xitoy kompaniya hududiga bostirib kirdi. Kompaniya xodimlarini kaltaklashdi, natijada o‘nlab Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Hozirgi vaqtda Xitoyning Qirg‘izistondagi elchixonasi jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Elchi Du Deven shifoxonalarda jarohatlar xolidan xabar oldi”, - deyilgan xabarda.

Elchixona bayonotida yozilishicha, ko‘p yillar davomida Xitoy korxonalari Qirg‘izistonga investitsiya kiritib, biznes bilan shug‘ullanmoqda, mahalliy aholi moddiy farovonligini yaxshilash va ikki davlat xalqlari o‘rtasida an’anaviy do‘stlikni mustahkamlash uchun katta hissa qo‘shmoqda. Yuz bergan mojaro “kompaniya va uning xodimlariga katta moddiy va jismoniy yo‘qotishlarni keltirib chiqardi”.

“Biz Qirg‘iziston tomonidan jabrlanganlarga maksimal darajada tibbiy yordam ko‘rsatilishi, holatni har tomonlama tergov qilinishi, aybdorlar qat’iy jazolanishi, bu mojaro adolatli va talab darajasida hal qilinishini talab qilamiz. Xitoy tomoni Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va tegishli idoralaridan Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, Xitoy fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash, bu kabi hodisalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun samarali choralar ko‘rilishini so‘raydi”, - deyilgan elchixona bayonotida.  

Mestnie jiteli sela Kara-Bak na kirgizsko-tadjikskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Tojik-qirg‘iz chegarasidagi qurolli mojaro: hozir vaziyat qanday

Sulton-Sari konidagi mojaro

Kuni kecha Norin viloyatida mahalliy aholi va oltin qazib olish ishlarini bajaruvchi Xitoyning Zhong Ji Mining Company kompaniyasi ishchilari o‘rtasida mojaro yuz berdi. Qishloq aholisi kompaniya binosi oldida to‘plandi.

Keyinchalik mahalliy aholi va kompaniya ishchilari bir-birlariga tosh otishni boshlashdi.

Viloyatning militsiya butun shaxsiy tarkibi trevoga bo‘yicha ko‘tarildi. Huquq tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, mojaro oqibatida 20 kishi jarohatlandi.

Mahalliy aholi Zhong Ji Mining Company faoliyatini to‘xtatilishini talab qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlash ishlari oqibatida tog‘larda chorva nobud bo‘lmoqda.

Tuman hokimiyati ta’kidlashicha, kompaniya vakillari agar portlash ishlari oqibatida chorva nobud bo‘lishi holati tasdiqlansa, egalarga moddiy zararni qoplashga tayyorligini ma’lum qildi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, Xitoy kompaniyasi faoliyatida ayrim qonunbuzilishlar aniqlandi.

Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi rahbari Emil Osmonbetov mahalliy aholiga kompensatsiya to‘lash masalasini hal etilishi yuzasidan Zhong Ji Mining rahbariyatiga murojaat qilgandi. Kompaniya bunga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0