Qirg‘izistonda Xitoy kompaniyasiga qarshi miting o‘tkazildi – video

© foto ochevidsa, otpravlennoe po WhatsApp-kanaluJiteli utroili miting protiv kitayskoy v Kirgizstane — video
Jiteli utroili miting protiv kitayskoy v Kirgizstane — video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltin qazib oluvchi Xitoyning Zhong Ji Mining kompaniya binosi oldida mahalliy aholi to‘planib, ishchilarga tosh otishni boshladi.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Norin viloyatida mahalliy aholi va oltin qazib olish ishlarini bajaruvchi Xitoyning Zhong Ji Mining Company kompaniyasi ishchilari o‘rtasida mojaro yuz berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Qishloq aholisi Zhong Ji Mining kompaniyasi binosi oldida to‘plandi. Keyinchalik mahalliy aholi va kompaniya ishchilari bir-birlariga tosh otishni boshlashdi.

Viloyatning militsiya butun shaxsiy tarkibi trevoga bo‘yicha ko‘tarildi. Huquq tartibot organlaridagi manbaning ma’lumotiga ko‘ra, mojaro oqibatida 20 kishi jarohatlandi.

Mahalliy aholi Zhong Ji Mining Company faoliyatini to‘xtatilishini talab qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlash ishlari oqibatida tog‘larda chorva nobud bo‘lmoqda.

Tuman hokimiyati ta’kidlashicha, kompaniya vakillari agar portlash ishlari oqibatida chorva nobud bo‘lishi holati tasdiqlansa, egalarga moddiy zararni qoplashga tayyorligini ma’lum qildi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, Xitoy kompaniyasi faoliyatida ayrim qonunbuzilishlar aniqlandi.

Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi rahbari Emil Osmonbetov mahalliy aholiga kompensatsiya to‘lash masalasini hal etilishi yuzasidan Zhong Ji Mining rahbariyatiga murojaat qilgandi. Kompaniya bunga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0