Toshkentdagi “Bo‘rijar” kanalidan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMigalka
Migalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak 1-avgust kuni bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida qidiruvga berilgan Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan 27 yoshli fuqaro bo‘lib chiqqan.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. 5-avgust kuni 102 raqamiga 31 yoshli B.R.dan Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida erkak kishining tanasini ko‘rganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Oxotnichye rujye. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan jayronlarni ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi

FVV qutqaruvchilari tanani suvdan chiqarib olishgan va keyinchalik u 1-avgust kuni bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida qidiruvga berilgan Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan 27 yoshli A. M. ekanligi aniqlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani xabar berilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0