TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan jayronlarni ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Taxtako‘pir tumani “Qoӊiratkөl” OFYda fuqarolar M.D., T.M., A.J. hamda Q.Q. boshqaruvidagi UAZ-469 markali avtotransport tegishli tartibda to‘xtatilgan. Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan avtotransport tekshirilganda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 3 bosh otib o‘ldirilgan jayron, ov quroli borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro Q.Q.ga tegishli bo‘lgan IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351-son ov quroli, projektor, o‘q va o‘q qatorlar, 3 bosh jayron ashyoviy dalil sifatida olingan.
O‘zbekistonlik qariyb 4,4 mlrd so‘mlik sayg‘oq shoxlarini Rossiyaga olib chiqishga urindi
Hozirda hozirda tabiatga yetkazilgan zarar va jarima miqdori aniqlanmoqda.