TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda RIA Novosti NASA ma’lumotiga tayanib xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yirik EA2 asteroidi Yerdan taxminan 305 ming kilometr masofada uchib o‘tadi. Bu masofa sayyoramiz bilan Oy o‘rtasidagi masofadan deyarli 80 ming kilometrga kamroq.
Agentlikning ma’lum qilishicha, obyekt sayyoramizga 22-mart kuni maksimal darajada yaqinlashadi.
Asteroidning harakatlanish tezligi sekundiga 5 kilometrni tashkil etadi. Uning diametri esa 18 metrdan 40 metrgacha ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Newly discovered asteroid #2019EA2 (diameter ~ 30 m) will have a close encounter with Earth on March 22, 2019 at 01:54 UT flying at a distance of 0.80 LD or ~305,000 km / 189,600 miles) https://t.co/1IqpTS5xIr pic.twitter.com/DYLMg0Z82O
— Massimo (@Rainmaker1973) 15 marta 2019 g.