TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Ushbu munosabat bilan Irkutsk, Krasnoyarsk, Buratiya va Yakutiyaning alohida hududlarida favqulodda holat e’lon qilingan.
"Bugungi kun holatida o‘rmon yong‘inlarining umumiy maydoni 2,7 million gektarni tashkil qiladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 12 %ga ko‘p", - deyilgan xabarda.
Bosh vazirning tabiat resurslari bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Kobilkin aytishiga qaraganda, bu yilgi o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababi – yuqori havo haroratining (+30 dan yuqori) uzoq muddat davomida saqlanib turishi, yog‘ingarchilik kamligi va quruq chaqmoqlar.
Mutaxassislar Sibir va Tayga o‘rmonlarida 500dan ortiq yong‘in o‘choqlarini aniqlashgan. Yong‘in paydo bo‘lgan o‘rmon hududlari aholi yashaydigan punktlardan yiroq va texnika yetib borishi qiyin. Ushbu joylashuv tufayli ularni o‘chirishning iloji yo‘q.
Ayni damda Favqulodda vaziyat vazirligining 95% xodimlari va kuchlari ushbu yong‘inlarni o‘chirishga safarbar qilingan. Rossiya Gidrometeorologiya markazi tutunlar tarqalishini nazorat qilib, aholi punktlarida havo tozaligini tekshirib turmoqda.