Amerika Rossiyaga kiritilayotgan yangi sanksiyalar haqida ma’lumot berdi

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanksiyalar AQSh savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan tovar va texnologiyalar ro‘yxati doirasida eksportga doir qo‘shimcha cheklovlarni joriy etmoqda. Ular faqatgina ommaviy qirg‘in quroli bilan bog‘liq materiallarni qamrab oladi.

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Rossiyaga nisbatan Skripallar ishi doirasida kiritilayotgan sanksiyalar davlat qarziga cheklovlar hamda xalqaro tashkilotlarga Moskvaga kreditlarni taqdim etmaslik talabini o‘z ichiga oladi, deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonnomasida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Voyennie ucheniya Vostok-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

"Sanksiyalarning ikkinchi raundi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: AQSh Rossiyaga xalqaro moliyaviy tashkilotlar, jumladan Butunjahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan har qanday turdagi kredit, moliyaviy ko‘mak yoki texnik yordam ko‘rsatilishiga qarshi bo‘ladi", - deya ta’kidlangan idora bayonotida.

XVJ ayni vaqtda Rossiyada kreditlashni amalga oshirmaydi, AQSh bunda bosh rol o‘ynovchi Butunjahon banki esa Moskva va Vashingtonning Ukraina bo‘yicha kelishmovchiliklari fonida yangi loyihalarga cheklov kiritgan.

Bundan tashqari, yaanksiyalar AQSh savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan tovar va texnologiyalar ro‘yxati doirasida eksportga doir qo‘shimcha cheklovlarni joriy etmoqda. Ular faqatgina ommaviy qirg‘in quroli bilan bog‘liq materiallarni qamrab oladi.

"Davlatga qarashli yoki davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Rossiya kompaniyalariga ushbu materiallar eksportiga litsenziya berish ta’qiq prezumpsiyasidan kelib chiqqan holda ko‘riladi", - deyiladi davlat departamenti bayonotida.

Shu bilan birga mavjud shartnomalarni amalga oshirish borasida cheklov qo‘yilmagan.

Sanksiyalarning birinchi paketidagi holatda bo‘lgani kabi, yangi cheklovlar 15 kundan so‘ng, ular haqida AQSh kongressi xabardor etilgach, ya’ni 19-avgustda kuchga kiradi. Bu sanksiyalar kamida 12 oy amal qiladi, deb ma’lum qilmoqda davlat departamenti.  Moskva xalqaro inspektorlarga "kimoviy quroldan foydalanmaslik kafolatini" namoyish etgan va "Solsberidagi hujum qurbonlari uchun badal" to‘lovini amalga oshirgan taqdirdagina cheklovlar bekor qilinishi mumkin.

Rossiyaga qarshi yangi amerika sanksiyalari

Sal oldin AQSh Skripallar ishi tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ikkinchi paketini kiritayotgani ma’lum bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar ta’kidiga ko‘ra, Moskva amerika qonuni doirasida talab etilgan kafolatlarni taqdim qilmagan. Vashington Moskvani bajarmaganlikda ayblayotgan "Kimoviy va biologik qurol ustidan nazorat to‘g‘risidagi" qonun doirasida kiritilgan birinchi paket sanksiyalar 2018-yilning 27-avgustida kuchga kirgan edi.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: AQSh plutoniyni yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmayapti

TIV vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, Skripallar ishida ko‘rinib turgan "ochiq fitna"ga qaramay, ushbu holatdan AQShning "Kimoviy va biologik qurol ustidan nazorat to‘g‘risidagi" qonuni doirasida sanksiya kiritish uchun bahona hamda Oq uyning maxsus ijro buyrug‘i sifatida foydalanilmoqda.

Diplomat shuningdek, Kimoviy qurolni ta’qiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq, Rossiya bu qurol zaxiralarini allaqachon yo‘q qilgani va xalqaro inspektorlar bunga ko‘p martalab amin bo‘lganliklarini eslatib o‘tgan.

Solsberi hodisasi

2018 yil mart oyida Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida Bosh razvedka boshqarmasi sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Ushbu hodisa yirik xalqaro janjalni keltirib chiqardi.

London yuz bergan hodisada Rossiya qo‘li borligini aytib chiqqan bo‘lsa, Moskva shu kunga qadar bu ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0