TOShKENT, 7 apr – Sputnik. AQSh Rossiyadan farqli o‘laroq ommaviy-qirg‘in qurolini ishlab-chiqarishda ishlatiladigan plutoniyni yo‘q qilish borasida majburiyatlarini bajarmayapti, deya ta’kidladi Vladimir Putin Umumrossiya xalq fronti mediaforumida so‘zlagan nutqi davomida, RIA Novosti xabari asosida.
"2000-yy boshida amerikaliklar bilan plutoniyni yo‘q qilish haqida kelishib olgan edik. Bitimni imzolagach, ushbu materialni ma’lum usul orqali yo‘q qilishga kelishib oldik. Ya’ni, maxsus korxonalar qurib, sanoat yo‘li bilan yo‘qotishga kelishdik. Biz zimmamizga olgan majburiyatlarni bajardik, korxonalarni qurdik. Amerikalik hamkorlarimiz esa – yo‘q”, — dedi Rossiya prezidenti.
"Bundan tashqari, yaqinda ular ishdan chiqqan yadro yoqilg‘isini, o‘zaro kelishgan yo‘l bilan emas, boshqa yo‘l bilan, ya’ni uni qayerdadir ma’lum bir idishlarda suyultirib, utilizatsiya qilishlari to‘g‘risida ma’lum qildilar. Bu — plutoniyni orqaga qaytarib, qayta ishlab yana ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqarishda undan foydalanish mumkin degani”, — ta’kidladi Putin.