Saudiya Arabistonida ayollarga yolg‘iz sayohat qilish huquqi berildi

© AFP 2023 / Yousef DoubisiJenshina uchitsya vodit avtomobil pered snyatiyem zapreta na vojdenie avtotransporta jenshinami v Saudovskoy Aravii
Jenshina uchitsya vodit avtomobil pered snyatiyem zapreta na vojdenie avtotransporta jenshinami v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonunchilikka ko‘ra, endilikda 21 yoshga to‘lgan ayollar erkak vasiyning roziligisiz mustaqil ravishda pasport olib, xorijga chiqishi mumkin.

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat ayollari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxatini kengaytirdi.

Elmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimligi vakili Basitxanovadan uzr so‘radi

Yangi qabul qilingan qonunchilikka ko‘ra, endilikda 21 yoshga to‘lgan ayollar erkak vasiyning roziligisiz mustaqil ravishda pasport olib, xorijga chiqishi mumkin. Bundan oldin ayollar xorijga chiqish uchun turmush o‘rtog‘i, otasi yoki akasi tomonidan ruxsat berilishi kerak bo‘lgan.

Bundan tashqari qizlar voyaga yetmaganlar uchun vasiy bo‘lish, shuningdek, yangi tug‘ilgan farzandini davlat organlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Ijtimoiy sohada yengilliklar qirol Salman bin Abdel Aziz Al-Saud 2015-yilda hukumat tepasiga kelishi va 2017-yilda uning 31 yoshli o‘g‘li Muhammal bin Salman taxt vorisi etib tayinlashi bilan bilan boshlandi.  

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil fevral Saudiya Arabistonida ayollarga mustaqil ravishda avtomashina haydash huquqi berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0