O‘zbekiston golubikani Osiyo bozorlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishSbor golubiki na polyax Brestskoy oblasti Belorussii.
Sbor golubiki na polyax Brestskoy oblasti Belorussii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston dunyo bozorida eng qimmat bo‘lgan mevani Osiyo bozorlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekistonda yaqin yillarda golubika mevasini yetishtirish sanoati rivojlanishi mumkin. Bu haqda BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining investitsion departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmak EastFruit portaliga ma’lum qildi.

Chereshnya - Sputnik O‘zbekiston
Mazali gilos va uzum: O‘zbekiston mevalari dunyo bozorini zabt etmoqda – Bozorov

Yarmakning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda sabzavot, meva va yong‘oq ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini moliyalashtiradigan xalqaro loyihalar respublikada golubika yetishtirish sanoatini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Ekspert ta’kidlashicha, golubika – dunyo bozorida eng qimmat meva hisoblanadi. Biroq Ispaniyaga nisbatan O‘zbekistonda ishchi kuch ancha arzon, buning hisobiga respublika raqobardosh qilishi mumkin.

O‘zbekiston golubikani Osiyo bozorlari: Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya va Vyetnamga yetkazib berishi mumkin.

Yarmakning so‘zlariga ko‘ra, respublika bu mevani yetishtirish, ishlov berish, muzlatish, tashish va marketing texnologiyalarini o‘rganish va joriy etishga e’tibor qaratishi zarur.

Yangiliklar lentasi
0