TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Asli buxorolik bo‘lgan Zafar Mahmudov Moskva tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi.
33 yoshli kichik adliya maslahatchisi Zafar Mahmudov Moskva Lefortovo tumani tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi.
Zafar Mahmudov Buxoroda tug‘ilgan. U 2008-yilda Moskva davlat yuridik akademiyasini tamomlagan. 27 yoshida tuman prokuraturasiga rahbarlik qilgan. Siktivkar shahar prokurori yordamchisi bo‘lgan.
Keyinchalik Tver viloyati jinoiy-protsessual faoliyati ustidan nazorat bo‘limi prokurori, Kimr tumanlararo prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2014-2019 yillarda Kaluga viloyatining Meshov va Yuxnov tuman prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.